Google Gemini 3’ning yangi versiyasini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Gemini 3 Flash tezkorlik va samaradorlikka urg‘u berilgan
Foto: Google

Google sun’iy intellektning takomillashtirilgan modeli Gemini 3 Flash’ni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Kompaniya bu model qidiruv tizimidagi SI natijalar uchun asos bo‘lishini va yaqin vaqt ichida millionlab foydalanuvchilar uchun ochilishini bildirdi.

Gemini 3 Flash tezkorlik va samaradorlikka urg‘u berilgan bo‘lib, avval taqdim etilgan Gemini 3 Pro’ning kuchli imkoniyatlarini saqlab qolgan. Yangi model Gemini ilovasi hamda Google qidiruvidagi AI Mode orqali bosqichma-bosqich joriy etiladi. U murakkab so‘rovlarga qisqa va aniq javoblar berishga mo‘ljallangan.

Google ushbu yangilanish orqali sun’iy intellekt bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Analitiklar Gemini 3’ni Alphabet aksiyalari uchun muhim o‘sish omili sifatida baholamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google’da rasm va hujjatlarni tahlil qiluvchi yangi tugma paydo bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek