Gruziya chet eldagi fuqarolariga saylovda ovoz berishni taqiqladi

eʼlon qilindi
2028-yilgi parlament saylovlari faqat Gruziya hududida o‘tkaziladi
Foto: Gidza

Gruziya parlamenti saylov kodeksiga xorijda saylov uchastkalari ochishni taqiqlovchi o‘zgartirishlarni yakuniy o‘qishda tasdiqladi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar bermoqda.

Hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi deputati Archil Gorduladze xorijdagi fuqarolar ovoz berish huquqidan mahrum etilmagani, balki saylov kuni vataniga qaytib ovoz berishlari mumkinligini bildirdi. Parlament spikeri Shalva Papuashvili ushbu chorani mamlakat suverenitetini himoya qilish zarurati bilan izohladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijda yashayotgan fuqarolar «begona yurisdiksiya va siyosiy muhit» ta’sirida bo‘lishi mumkin, bu esa saylov barqarorligiga xavf tug‘diradi. Mutaxassislar ushbu qarorni xalqaro ta’sirni kamaytirish vositasi sifatida baholamoqda.

Muxolifat vakillari esa ushbu cheklovni keskin tanqid qilib, uni hukumatning diasporadan keladigan muxolif ovozlarni kamaytirishga bo‘lgan urinishi deb atadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Gruziyadan tashqarida taxminan 1,5 mln fuqaro istiqomat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gruziyada Turkiya harbiy samolyoti halokatga uchragani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek