Ijtimoiy himoya xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik uchun jarima belgilandi

Ijtimoiy himoya xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Shaharsozlik hujjatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun shart-sharoitlar ko‘rsatilmagan holatda ekspert tashkilotlar ijobiy xulosa bersa, BHMning 50 – 70 baravari miqdorida jarima belgilanadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki qonun talablarini bajarmaslik fuqarolar uchun BHMning 3 – 5 baravari, mansabdor shaxslar uchun esa 5 – 10 baravari miqdorida jarima belgilanishini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalarga homiylik mablag‘lari daromad solig‘idan ozod qilinadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji stavkasining 50 foizi undiriladi.
Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish uchun ma’lumotlarga ishlov berish vakolati beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ijtimoiy reyestr joriy etilishi haqida xabar bergan edik.