
Yaponcha uslubda tayyorlanadigan mol go‘shtidan steyk o‘zining boy va muvozanatli ta’mi bilan ajralib turadi. Bu retseptda steyk avval tovada qizartiriladi, so‘ngra maxsus qayla qo‘shilib, pechda pishiriladi. Natijada go‘sht yumshoq, shirali va xushbo‘y bo‘lib chiqadi.
Kursiv Uzbekistan retsepti bilan tayyorlanadigan ushbu taom bayramona dasturxon yoki mazali kechki ovqat uchun ayni muddao.
Masalliqlar
Asosiy taom uchun
| Masalliq | Miqdori |
|---|---|
| Mol go‘shti (Rumpsteak) | 700 g |
| Tuz | 1 choy qoshiq |
| Qora murch | 0,5 choy qoshiq |
| Zaytun yog‘i | 30 ml |
Qayla uchun
| Masalliq | Miqdori |
|---|---|
| Soya qaylasi | 80 ml |
| Vustershir qaylasi | 30 ml |
| Oq vino sirkasi | 50 ml |
| Suyuq asal | 1 osh qoshiq |
| Sarimsoqpiyoz | 1–2 dona |
| Sariyog‘ | 50 g |
Tayyorlanish bosqichlari
1-bosqich. Go‘shtni yuving va qog‘oz sochiq bilan yaxshilab quriting. Steykni qovurishdan kamida 1 soat oldin sovutgichdan chiqarib qo‘ying.
2-bosqich. Go‘shtning har ikki tomoniga tuz va qora murch sepib chiqing.
3-bosqich. Qayla uchun soya qaylasi, vustershir qaylasi, oq vino sirkasi, asal va maydalangan sarimsoqpiyozni bir idishda aralashtiring.
4-bosqich. Skovorodkada zaytun yog‘ini qizdirib, steykni har ikki tomonini 3–4 daqiqa davomida qovuring.
5-bosqich. Steyk ustiga tayyor qaylani quying, ustiga sariyog‘ qo‘ying va 200°C gacha qizdirilgan pechga 5–10 daqiqaga joylang.
6-bosqich. Pechdan olingan steykni 10–15 daqiqa tindirib qo‘ying, so‘ng dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!