Kinotavsiya: «Avatar: olov va kul» nima haqida

18-dekabr 2025 17:34 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Kinotavsiya: «Avatar: olov va kul» nima haqida
«Avatar: olov va kul» («Avatar: Fire and Ash») / Foto: variety

Rejissyor Jeyms Kemeron tomonidan ishlangan «Avatar: olov va kul» («Avatar: Fire and Ash») filmi 2025-yilning dekabri boshida (O‘zbekistonda 18-dekabr) premyera qilingan, Pandora olamida kechadigan epik sarguzashtning navbatdagi bobi.

Film avvalgi qismlardagi voqealarning mantiqiy davomi bo‘lib, insoniyat va Na’vi xalqi o‘rtasidagi murakkab munosabatlar yanada keskin bosqichga chiqadi. Ushbu qismda Pandora nafaqat suv va o‘rmonlar, balki olov va kul bilan bog‘liq yangi hududlari orqali namoyon bo‘ladi.

Avatar: Fire and Ash - Release Trailer (2025) James cameron | 20th Century Studios

Syujet markazida yana Jeyk Salli va Neytiri oilasi turadi. Ular yangi tahdidlar qarshisida nafaqat o‘z xalqlarini, balki oilaviy rishtalarini ham saqlab qolishga majbur bo‘lishadi. Pandora ichida paydo bo‘lgan agressiv va jangovar yangi qabila mojaroni yanada chuqurlashtiradi. Bu qabila tabiat bilan uyg‘unlikdan ko‘ra, kuch va ustunlikni tanlagani bilan ajralib turadi.

Filmda olov va kul timsollari orqali vayronkorlik, yo‘qotish va qayta tug‘ilish g‘oyalari yoritiladi. Jang sahnalari yanada shiddatli, dramatik lahzalar esa chuqurroq hissiy tus olgan. Rejissyor bu qismda ham insoniyatning ochko‘zligi va tabiatga nisbatan beparvoligi qanday fojealarga olib kelishini keskin tarzda ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Disney va Jeyms Kemeron «Avatar 2» filmi bo‘yicha sudga berilgandi. 3D animator Erik Rayder iddaosiga ko‘ra, Kemeronning 2022-yilda chiqqan «Avatar: Suv Yo‘li» filmi uning «KRZ» ilmiy fantastika hikoyasidan nusxa olgan.

Shuningdek