OnePlus 15R smartfoni taqdim etildi

18-dekabr 2025 11:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus 15R taqdim etildi
Foto: OnePlus

OnePlus o‘zining yangi OnePlus 15R smartfonini namoyish qildi. Bu qurilma Xitoyda sotilayotgan Ace 6T’ning global versiyasi bo‘lsa-da, ba’zi farqlarga ega.

Modelda sig‘im 8300 mA/soatdan 7400 mA/soatgacha qisqartirilgan. Biroq bu ko‘rsatkich ham hali juda yuqori hisoblanadi. Tez zaryadlash quvvati ham 100 vattdan 80 vattga tushirilgan.

Smartfon Snapdragon 8 Gen 5 flagman protsessori bilan jihozlangan. Unga 12 GB tezkor xotira va 256 yoki 512 GB ichki xotira juftlik qiladi. AMOLED ekrani 6,83 dyuymli, Full HD+ aniqlikda va 165 gers yangilanish chastotasiga ega. Ekran Gorilla Glass 7i bilan himoyalangan.

Foto: OnePlus

Asosiy kamera Sony IMX906 50 MP sensorga tayanadi. Qo‘shimcha ravishda 8 MP ultra-keng modul mavjud.

Qurilma suv va changdan yuqori darajada himoyalangan. IP69K sertifikati bunga dalil. O‘lchamlari 163×77×8,3 mm, og‘irligi esa 214-215 g. U Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0, USB-C 2.0 portiga ega va qora hamda yashil ranglarda taqdim etildi.

Narxi hajmga qarab 750 – 850 yevro etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus 15R smartfoni haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek