O‘zbekistonlik kurashchilar yilni jahon reytingi peshqadami sifatida yakunlamoqda

18-dekabr 2025 17:28 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto MOQ

Birlashgan kurash dunyosi dekabr oyi uchun jahon reytingining yangilangan jadvalini e’lon qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar sportchisi o‘z vazn toifalarida jahonning eng kuchli kurashchilari deb topildi. Reyting natijalariga ko‘ra, yil davomida nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, eng ko‘p ochko jamg‘argan sportchilar peshqadamlikni qo‘lga kiritgan.

Foto MOQ

Alisher G‘aniyev 60 kgcha vazn toifasida, Aytjan Xalmaxanov 63 kg vazn toifasida va Abdullo Aliyev 72 kg vazn toifasida peshqadam bo‘lib turishibdi. Ushbu sportchilar yil davomida barqaror natijalar ko‘rsatib, o‘z vazn toifalarida yetakchi ekanliklarini isbotladi. Reyting jadvali sportchilarning xalqaro arenalarda qo‘lga kiritgan g‘alabalari va to‘plagan ballari asosida shakllantirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha Jahon Kubogi g‘olibi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek