Prezident Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Mirziyoyevni Tokiodagi «Xaneda» xalqaro aeroportida bir qator rasmiy shaxslar kutib oldi
Prezident Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiya poytaxti Tokio shahriga keldi. «Xaneda» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 19 – 20-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kunlarda prezidenti Yaponiya imperatori Naruxito, bosh vaziri Sanae Takaichi, shuningdek, boshqa rasmiylar, ishbilarmon doiralar va akademik hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bundan tashqari, Mirziyoyev «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.

Rasmiy tashrif doirasida davlatimiz rahbarini Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar qizg‘in kutib oldi. Prezident ular bilan uchrashib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtdoshlarimizning orzu-umidlari hamda kelgusi rejalari yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.

Uchrashuv yakunida prezident vatandoshlarimizga ish va o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab, ularning Yaponiyada orttirayotgan bilim va tajribalari O‘zbekiston taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Konstitutsiyaviy sud faoliyatini samaradorligi masalalariga oid taqdimot bilan tanishgan edi.

Shuningdek