Xiaomi 17 Ultra yangi Leica optikasi va katta sig‘imli batareya bilan taqdim etiladi

18-dekabr 2025 21:26 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Xiaomi 17 Ultra yangi Leica optikasi va katta sig‘imli batareya bilan taqdim etiladi / Foto: Xiaomi 15 Ultra / Gizmochina

Xiaomi kompaniyasi yaqinda yangi flagman smartfoni Xiaomi 17 Ultra’ni taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.

Xiaomi 17 Ultra telefonning HyperOS 3 operatsion tizimi bilan ishlashi tasdiqlandi. Shuningdek, 5G, Wi-Fi 7 (IEEE 802.11be standarti) va Bluetooth Low Energy kabi ulanish imkoniyatlari ham mavjud.

Texnik xususiyatlar hali rasmiy e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, oqimlar asosida ba’zi tafsilotlar ma’lum. Mish-mishlarga ko‘ra, Xiaomi 17 Ultra Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessoriga ega bo‘ladi. Batareya sig‘imi taxminan 7000 mA·soat bo‘lib, bu uni flagman smartfonlar orasida eng katta sig‘imli batareyalardan biriga aylantiradi.

Asosiy ustunlik sifatida Xiaomi 17 Ultraning kamera tizimi ko‘rsatilmoqda. Qurilma yangi Leica optikasi bilan jihozlanadi, asosiy kameraga OmniVision’ning 1 dyuymli, 50 megapikselli OV50X sensori ishlatilishi kutilmoqda. Shuningdek, telefon 50 megapikselli ultra keng burchakli makro kameraga va 5 baravar optik zumga ega 200 megapikselli kameraga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi ChatGPT’ga raqabatdosh bo‘ladigan yangi sun’iy intellektni taqdim etishi haqida yozgan edik.

Shuningdek