Yangihayot tumanidagi qon muammosi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

eʼlon qilindi
Toshkent qassoblarining chiqindilari sabab Yangihayot tumani hududida noxush hid tarqaldi
Yangihayot tumanidagi qon muammosi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
Yangihayot tumanidagi qon muammosi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi / Ekran tasviri videodan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent qassoblarining chiqindilari sabab Yangihayot tumani hududida noxush hid tarqalayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

O‘rganish davomida murojaatda tilga olingan joy O‘rta Chirchiq tumani «Sayid ovul», «Baxt» MFY hududidan oqib o‘tuvchi ochiq suv havzasi ekani aniqlangan. Mazkur hududda holatni nazorat qilish maqsadida kunduzgi va tungi reydlar tashkil etildi.

Video: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

Nazorat tadbirlari vaqtida tumanning G‘afur G‘ulom mahallasida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida hosil bo‘lgan chiqindi suvlarni avtomashina orqali olib kelib, ushbu hududga to‘kayotgani aniqlanib, to‘xtatildi.

Mazkur holat bo‘yicha fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida javobgarlikka tortildi va unga 2 mln so‘m miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, huquqbuzarning avtotransport vositasi vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda havo ifloslanishi bo‘yicha 100 dan ortiq qonunbuzarlik aniqlangandi. Aniqlangan qonunbuzarliklar uchun umumiy hisobda 162 mln so‘m miqdorida jarimalar belgilangan.

Shuningdek