Zomindagi osma ko‘prigi sotilmoqda, Rossiyadagi maktabda qotillik, O‘tkir Yusupov yana eski jamoasida — 18-dekabr kungi yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Foto: Kursiv Uzbekistan / Asadbek Komilov
Qirg‘iziston prezidenti o‘quvchiga o‘z telefonini sovg‘a qildi
Qirg‘iziston prezidenti o‘quvchiga o‘z telefonini sovg‘a qildi / Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti o‘quvchiga o‘z telefonini sovg‘a qildi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov metrlab qalinlikdagi qor uyumlari orasidan maktabga qatnaydigan bola bilan uchrashib, unga o‘zining telefonini berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

FIFA вернется в видеоиграх
JESHOOTS.COM / Unsplash

FIFA o‘yinlarida litsenziya huquqi Netflix’ga berildi

FIFA brendi ostidagi yangi futbol o‘yinlarini ishlab chiqish va nashr etish huquqi Netflix’ga topshirildi. Bu qaror bilan Netflix ilk bor FIFA litsenziyasi asosida videoo‘yin yaratadigan kompaniyaga aylandi.

Zomindagi osma ko‘prik qariyb 150 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi
Zomindagi osma ko‘prik qariyb 150 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi / Foto: e-auksion

Zomindagi osma ko‘prik qariyb 150 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan mashhur osma ko‘prik 23-dekabr kuni elektron auksion orqali sotuvga chiqarildi. Savdo e-auksion.uz platformasida bo‘lib o‘tadi.

«Oskar-2026» uchun nomzodlar short-listi e’lon qilindi
«Oskar-2026» uchun nomzodlar short-listi e’lon qilindi / Foto: ijtimoiy tarmoq

«Oskar» marosimi YouTube’da bepul namoyish etiladi

2029-yildan boshlab «Oskar» mukofotini topshirish marosimi butun dunyo bo‘ylab YouTube platformasida bepul efirga uzatiladi. Bu bo‘yicha Amerika Kino san’ati va fanlari akademiyasi va YouTube ko‘p yillik hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Foto: Vitaly Smolnikov/TASS/picture alliance

Rossiyadagi maktabda tojikistonlik 10 yoshli bola o‘ldirildi

Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan maktabda tojikistonlik 10 yoshli o‘quvchining o‘ldirilishi ortidan Tojikiston rasmiylari keskin bayonot bilan chiqdi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu jinoyat millatga nisbatan nafrat asosida sodir etilganini ta’kidlab, Rossiyaning Dushanbedagi elchisini vazirlikka chaqirtirdi.

Foto: «Navbahor» futbol klubi

O‘tkir Yusupov yana eski jamoasiga qaytdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov o‘zining oldin to‘p surgan «lochinlar» jamoasi – «Navbahor» futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Nukus — Urganch yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshirildi
Bayram arafasida Toshkent–Xiva yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Transport vazirligi

Bayram arafasida Toshkent–Xiva yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Bayram oldi va bayram kunlari yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 156/155-sonli Toshkent – Xiva – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.

Shuningdek