Zomindagi osma ko‘prik qariyb 150 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

eʼlon qilindi
Boshlang‘ich narx 149,3 milliard so‘m
Zomindagi osma ko‘prik qariyb 150 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi
Zomindagi osma ko‘prik qariyb 150 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi / Foto: e-auksion

Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan mashhur osma ko‘prik 23-dekabr kuni elektron auksion orqali sotuvga chiqariladi. Savdo e-auksion.uz platformasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumotga ko‘ra, boshlang‘ich narx 149,3 milliard so‘m etib belgilangan. Auksion oshirib borish usulida o‘tkaziladi.

Auksionga faqat osma ko‘prik emas, balki uning atrofidagi turistik infratuzilma ham qo‘yilgan. Jumladan, majmua tarkibiga:

  • osma ko‘prik;
  • bandi jamping hududi;
  • zamonaviy restoran;
  • kafe;
  • savdo do‘koni;
  • bolalar o‘yingohi;
  • salqin ichimliklar nuqtas
    kiradi.

Umumiy maydoni 22,1 ming kvadrat metr bo‘lgan ushbu xizmat ko‘rsatish obyektlari majmuasi qo‘shimcha majburiyatlar bilan sotiladi.

Foto: e-auksion.uz

Lot buyurtmachisi sifatida «Turonbank»ka tegishli «Turon Plaza Hotel» MChJ ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi «O‘zstandart» binosi ham auksionga qo‘yilgandi. E-auksion platformasida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt qavatli bino Chо‘ponota va Bog‘ibuston ko‘chalari kesishmasida, Janubiy vokzalga yaqin hududda joylashgan. Obyekt 0,67 gektar yer maydonini egallaydi, binodagi umumiy foydali maydon esa 8 413 kvadrat metrni tashkil etadi. Unda elektr energiyasi, gaz, suv va kanalizatsiya kabi barcha muhandislik kommunikatsiyalari mavjud.

Shuningdek