19-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi

19-dekabr yuqori hissiy konsentratsiya va ichki energiya belgisi ostida o‘tadi. Kun odatiy ssenariylarni qayta ko‘rib chiqishga, yuzaki qarorlardan voz kechishga va ishda ham, shaxsiy masalalarda ham ongliroq tanlov qilishga undaydi. Kursiv Uzbekistan 19-dekabr kuni barcha burjlar uchun munajjimlar bashoratini taqdim etadi.
Qo‘y (21.03 – 20.04)
Bugun moliyaga jiddiy e’tibor bering. Qarz, xarajat va kichkina sarflar ham kunning oxirida katta ta’sir qilishi mumkin. Qaysi narsa haqiqatan zarur ekanini aniqlab, xarajatlarni shunga qarab rejalashtiring. Shuningdek, kichik g‘oyalar va loyihalarni belgilab qo‘ying — ularni keyin amalga oshirish oson bo‘ladi. Kechqurun salomatlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ozroq sayr qilish va yumshoq mashqlar qilish foydali.
Buzoq (21.04 – 20.05)
Istaklaringizni imkoniyatlardan yuqori qo‘yishga urinmang. Bu omadga erishishingizda jiddiy xalal berishi mumkin. Bugun ijod, ro‘zg‘or tashvishlarini bartaraf etish va moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun yo‘naltirilgan harakatlar barakotli bo‘ladi. Ilgari ko‘plab muvaffaqiyatlarni qo‘ldan boy bergandingiz. Bugun muhabbatda xuddi o‘sha boy berilgan lahzalar o‘zingizga qaytadi. Kechqurun yolg‘iz qolgan holda dam oling.
Egizaklar (21.05 – 21.06)
Bugun yaqin o‘tmishda qolib ketgan ishlarga yana qaytishingizga to‘g‘ri keladi. Ular kichik yoki katta bo‘lishidan qat’iy nazar, baribir hal etilishi shart, aks holda oldinga qadam qo‘yish qiyinlashadi. Agar qarzlaringiz bo‘lsa, kechiktirmay egalariga qaytaring. Yirik kreditlardan o‘zingizni tiyib turganingiz ma’qul, vaziyat salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin. Salomatlikni saqlash uchun oqsilga boy ovqatlarni ko‘proq iste’mol qiling. Uyda ta’mir yoki katta o‘zgarishlar qilishni rejalashtirsangiz, qarindoshlar bilan maslahatlashib ish tuting. Ro‘zg‘or uchun xaridlarni ertaga qoldirmasdan, bugunning o‘zida amalga oshiring. Romantik uchrashuvlar, tanishuvlar va tabiat qo‘ynidagi dam olishlar hech qanday qiyinchiliksiz, yaxshi kayfiyatda o‘tadi.
Arslon (23.07 – 22.08)
Har qanday ishni bajarishda e’tiborli va diqqatli bo‘lishingiz zarur. Qarindoshlar bilan munosabatlarni saqlash uchun ham muloyimlik va to‘g‘ri gapirish muhim. Yaqinda haydovchilik guvohnomasi olgan bo‘lsangiz, serqatnov yo‘llarda avtomobil haydashda juda ehtiyotkor bo‘ling. Jarima bo‘lsa, uni to‘lash mumkin, lekin xavfli vaziyatga tushib qolishdan saqlaning. Kechqurun toza havoda sayr qilish ruhingizni tinchlantiradi.
Parizod (23.08 – 23.09)
Miyangizda yangi g‘oyalar ko’p. Bugun o‘shalarni hamkasblar bilan bo‘lishishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Muhabbatda haqiqiy qahramonga aylanasiz. Lekin juftingiz bu jihatlaringizni payqamay qolishi mumkin. Kechqurun madaniy dam olish yo‘llarini qidiring. Shaharda yashasangiz, teatr yo konsert dasturlariga chiqib kelsangiz ham bo‘ladi. Kechqurun salomatligingiz pand bera boshlashi mumkin. Bu qon bosimi ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik kabilarda ko‘zga tashlanishi ehtimolga yaqin.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)
Bugun siz ham boshqalar kabi o‘zingizga boshqatdan nazar solishni xohlab qolasiz. Imkoniyatlaringizni qaytadan ko‘rib chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, yangi hamkorlar qidiring. Kechqurun sayr kuchingizga kuch qo‘shadi.
Chayon (24.10 – 22.11)
Kun davomida yangi tanishuvlar va qiziqarli uchrashuvlar kutilmoqda. Ular kelajakda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Agar kayfiyatingiz tushsa, tabiat qo‘yniga chiqing yoki musiqa orqali ruhiy dam oling. G‘iybatlarga e’tibor bermang, o‘zingizni qanday tutishingiz muhimroq.
O‘qotar (23.11 – 21.12)
Kuningiz unumli va quvonchli lahzalarga boy bo‘ladi. Ishxonangizda og‘irdan og‘ir vaziyatlarga duch kelmaysiz. Ishlaringiz unumli kechib, mo‘may daromad egasiga aylanishingiz mumkin. Qalbingizni garmoniya kechga qadar ham tark etmaydi. Bu suyukli insoningiz bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida asqatadi. Xaridlarni ham muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirasiz. Sotib olgan mahsulotingiz sifati ko‘ngildagidek kechadi, uni yaxshigina chegirma bilan xarid qilasiz.
Tarozi (24.09 – 23.10)
Bugun asabiylikka sabab bo‘luvchi omillar ko‘proq uchrashi mumkin. Ayrim odamlar bilan munosabatda tortiqlik, juftingiz bilan tushunmovchiliklar yoki moliyaviy qiyinchiliklar ruhiyatga bosim berishi tabiiy. Bunday vaziyatlarni sizga berilgan sinov, tayyorgarlik sifatida ko‘rish mumkin, to‘g‘ri yondashsangiz, keyingi kunlaringiz yanada barqaror va ravon bo‘ladi. Ish bilan bog‘liq yangi fikr va g‘oyalar paydo bo‘lsa, ularni darhol amalga oshirishga shoshilmasdan, avval puxta o‘ylab, saralab chiqish maqsadga muvofiq.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)
Bugun mayda-chuyda tuyulgan ishlar ham katta foyda keltirishi mumkinligini anglab yetasiz. Shuning uchun ularni bemalol, butun diqqat va mehringizni berib bajaring. Shaxsiy rejalaringiz oson hal bo‘ladi, lekin ro‘zg‘ordagi tashvishlar vaqtingizni ko‘proq olishi mumkin. Shu bois kechqurun do‘stlar bilan mo‘ljallangan uchrashuvni boshqa kunga qoldirishingiz ma’qul. Hech narsa qochib ketmaydi, ammo tinchlik va bardamlik sizga kerak.
Baliq (19.02 – 20.03)
Olamga optimist nazari bilan boqishingiz yaxshilikka yo‘l ochadi. Ko‘ngilsizliklar ortda qolgani uchun yangi ishlarga qo‘rqmay kirishavering. Chin dildan bajarilgan mehnat ham tinchlik, ham daromad olib keladi. Ro‘zg‘orda yig‘ilib qolgan ishlar ham bor – ularni ortga surmasdan, aynan shu kunlarda hal qilish foydali. Faolligingiz va kayfiyatingiz qarindoshlar bilan munosabatlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)
Kun o‘rtasida moliyaviy masalalarda yangi imkoniyatlar yuzaga kelishi mumkin. Lekin har qanday taklifni to‘liq tahlil qilmasdan qabul qilmang. Tavakkal qilishdan oldin maslahat so‘rash foydali bo‘ladi. Shaxsiy munosabatlarda esa ortiqcha gaplardan saqlaning, ba’zi so‘zlar qalbni uzoq vaqtga og‘ritishi mumkin.