
Yangi batareya texnologiyalari va energiyani tejovchi protsessorlar tufayli endi ham arzon telefonlar, ham flagmanlar ancha uzoq ishlayapti. Tom’s Guide nashri bir qator smartfonlarni sinovdan o‘tkazib, kuchli batareyaga ega modellarni saraladi.
Sinov natijalariga ko‘ra, oddiy smartfon o‘rtacha 11 soat ishlaydi. Ushbu ro‘yxatga kirish uchun esa kamida 16 soatga yaqin natija ko‘rsatish talab etilgan. Quyida eng uzoq vaqt ishlaydigan 10 ta model haqida ma’lumot keltirilgan.
Batareyasi kuchli 10 ta smartfon modeli (soat:daqiqa)
- OnePlus 15 — 25:13
- OnePlus 15R — 21:54
- Asus ROG Phone 9 Pro — 20:34
- OnePlus 13 — 19:45
- Moto G (2026) — 19:10
- Moto G Play (2026) — 18:50
- OnePlus 13R — 18:49
- Moto G (2025) — 18:32
- iPhone 17 Pro Max — 17:54
- iPhone 16 Pro Max — 17:17
OnePlus 15 (25:13)

OnePlus 15 hozirgacha sinovdan o‘tgan eng uzoq ishlaydigan telefon bo‘ldi. O‘rtacha 25 soat 13 daqiqa ishlashi uni ikki kun quvvatlashsiz ishlatish imkonini beradi.
Buning asosiy sababi 7 300 mA/soatli silikon-nanostack batareya. Telefon qalinlashmasdan katta quvvat sig‘dirishga erishilgan. Bundan tashqari, modelda 80W tezkor simli va 50W simsiz zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi.
OnePlus 15R (21:54)

Reytingda ikkinchi o‘rinni OnePlus 15R egalladi. Unda ham 7 400 mA/soatli batareya mavjud. Snapdragon 8 Gen 5 protsessori ishlatilgan. Batareya biroz tezroq sarflanishiga ekran yangilanish chastotasi (60 Gts) sabab bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, bu narxiga nisbatan juda uzoq ishlaydigan telefon hisoblanadi.
Asus ROG Phone 9 Pro (20:34)

Asus gaming telefonlari doim kuchli batareyasi bilan ajralib kelgan. ROG Phone 9 Pro 20 soatdan ortiq ishladi. 5 800 mA/soatli batareya va Snapdragon 8 Elite protsessori yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Unga 65W tezkor zaryadlash orqali 30 daqiqada 74% quvvat yig‘iladi.
OnePlus 13 (19:45)

2025-yil boshidagi flagmanlardan biri bo‘lgan OnePlus 13 deyarli 20 soat ishladi. 6 000 mA/soatli batareya va Snapdragon 8 Elite energiya samaradorligi bilan ajralib turadi.
Unda 80W (AQShda) va 100W (boshqa hududlarda) tezkor zaryadlash mavjud.
Moto G (2026) (19:10)

Arzon narxdagi, ammo juda uzoq ishlaydigan telefon. $200 dan arzon bo‘lib, ko‘p kunlik batareya ishlashini taklif qiladi. Simli zaryadlash 30W, ammo simsiz zaryadlash yo‘q.
Moto G Play (2026) (18:50)

Moto G’dan biroz arzonroq, ammo deyarli bir xil batareya natijasi ko‘rsatdi. Eng arzon va uzoq ishlaydigan telefonlardan biri.
OnePlus 13R (18:49)

6 000 mA/soatli batareya va Snapdragon 8 Gen 3 protsessori bilan ta’minlangan. 80W tezkor zaryadlash bor, ammo simsiz zaryadlash yo‘q.
Moto G (2025) (18:32)

2026-yilgi model chiqqan bo‘lsa ham, 2025-yilgi Moto G hali ham uzoq ishlaydi va arzonlashgan.
iPhone 17 Pro Max (17:54)

Apple tarixidagi eng uzoq ishlaydigan iPhone. A19 Pro protsessori va kattaroq batareya tufayli avvalgi rekordlar yangilandi.
iPhone 16 Pro Max (17:17)

Yangi model chiqmaguncha eng uzoq ishlagan iPhone bo‘lgan. 4 685 mA/soatli batareyaga ega. Bundan keyingi o‘rinlarni Samsung Galaxy S25 Ultra (17:14), Moto G Power (2025) (17:13), Samsung Galaxy S25 Plus (16:55), Phone 16 Plus (16:29), Motorola Razr Ultra (2025) (15:42) va iPhone 17 Pro (15:32) egalladi.
iPhone 17 Pro ixcham o‘lchamiga qaramay 15,5 soatdan ortiq ishlashni namoyish etdi, bunda A19 Pro protsessorining energiyani tejovchi imkoniyatlari muhim rol o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yil smartfonlaridagi asosiy yangiliklar haqida ma’lumot berilgandi. Unga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar joriy yilda foydalanuvchilarni yangi dizaynlar, kuchli batareyalar va kamera imkoniyatlari bilan hayratda qoldirishga harakat qildi.