Yangiliklar

Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Respublikaning 10 ta hududida yer silkindi
Foto: Facebook

19-dekabr kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Unga ko‘ra, yer silkinishining magnitudasi 6, chuqurligi 105 kilometrni tashkil etdi. Zilzila soat 10:39 da sodir bo‘lgan. Zilzila epimarkazi Аfg‘onistonning Taxor viloyati. Epimarkaz Toshkentdan 551 km janubiy-sharqda. Koordinatalari 36,31 daraja shimoliy kenglik, 69,28 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston hududlarida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 4 ball, 206 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 417 km;
  • Samarqand viloyatida 3 ball, 423 km;
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 441 km;
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 467 km;
  • Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 502 km;
  • Navoiy viloyatida 2-3 ball, 542 km;
  • Toshkent shahrida 2-3 ball, 550 km;
  • Namangan viloyatida 2-3 ball, 561 km;
  • Andijon viloyatida 2-3 ball, 564 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yuz bergan zilzila ham O‘zbekistonda sezilgandi.