Yangiliklar

Apple OLED displeyga ega iMac ustida ishlamoqda

Yangi model 2027 yoki 2028-yillarda bozorga chiqishi kutilmoqda
Foto: Wccftech

Apple kompaniyasi OLED ekran bilan jihozlangan 24 dyuymli yangi iMac kompyuteri ustida ish boshladi. Kompaniya butlovchi qismlarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘z hamkorlariga tegishli so‘rovlarni yuborgan.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan iMac mono-bloklari klassik LCD-matritsalardan foydalanadi. Bo‘lajak OLED modelli qurilmalar esa yorqinlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 20 foizli o‘sishga ega bo‘lishi kutilmoqda. Yangi ekranlarda yorqinlik 600 nitga yetadi. Apple displeyni ishlab chiqish bosqichini faqat 2027 yoki 2028-yilga kelib yakunlashni rejalashtirgan.

Foto: Daily Express

Samsung kompaniyasi QD-OLED texnologiyasi asosidagi panellarni, LG esa yanada chuqur qora rang va yuqori energiya samaradorligini ta’minlovchi W-OLED variantlarini taklif qilishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, ushbu texnologiyalar ranglar aniqligini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbeksitan Apple yangi Mac Mini’ni namoyish etgani haqida xabar bergan edi.