Beruniyda tadbirkorning to‘yxo­nasini firibgarlar tortib oldi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Beruniyda tadbirkorning to‘yxo­nasini firibgarlar tortib oldi / Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Beruniy tumanida fuqarolar o‘zaro til biriktirgan holda xususiy korxona rahbarining ishonchiga kirib, firibgarlik amalga oshirdi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Tekshiruv natijasida ular ushbu korxonani MChJ sifatida o‘z nomlariga 100 foiz yakka ta’sischi va rahbar sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga erishgan. Natijada tadbirkorning to‘yxo­na binosi firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangan edi.

Shuningdek