Buklanuvchi iPhone smartfoni qachon chiqishi taxmin qilinmoqda

19-dekabr 2025 13:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Unsplash

Taqdim etilishi rejalashtirilgan buklanuvchi iPhone smartfoni hali ishlab chiqarilmasligi mumkin. Bu haqda Macrumors xabar bermoqda. Ammo Apple yangi modelni 2026-yil kuzida rasman taqdim etishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, taqdimotdan so‘ng ham buklanuvchi iPhone’ni darhol xarid qilish imkoni bo‘lmaydi. Qurilma yetkazib berishdagi cheklovlar va yuqori talab sababli yil oxirigacha sotuvga chiqmasligi mumkin. Barqaror va uzluksiz yetkazib berishlar esa faqat 2027-yildan boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri ilk bukiluvchi iPhone tasvirlari paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

Chizmalar qurilmaning taxminiy o‘lchamlarini ham ko‘rsatadi. Bukilgan holda u 83,8 x 120,6 x 9,6 mm bo‘ladi. Bu juda yupqa deb bo‘lmasa-da, bukiluvchi qurilmalar orasida raqobatchi bo‘ladigan daraja. Yoyilgan holatda kengligi 167,6 mm yetadi. Taqqoslash uchun Samsung Galaxy Z Fold7 o‘lchamlari 158,4 x 72,8/143,2 x 8,9 mm bo‘lgan. Demak, Apple formatni o‘zgacha yondashuv bilan tanlagan.

Shuningdek