BYD Dynasty-D avtomobili qanday tashqi dizaynda chiqadi — foto

19-dekabr 2025 12:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: CarNewsChina

BYD Dynasty-D Xitoydagi yo‘l sinovlarida tasvirga olindi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Mazkur model 2026-yilning ikkinchi choragida taqdim etilishi kutilmoqda.

Dynasty-D konsepti ilk bor 2025-yil aprel oyida Shanxay avtosalonida namoyish etilgan edi. Dastlab model bozorda shu yil paydo bo‘lishi rejalashtirilgan, biroq BYD avtomobilni raqobatbardosh qilish uchun taqdimotni 2026-yilga qoldirdi.

Foto: Shuoche

Spy-kadrlar avtomobilning katta kuzovga, baland kamar chizig‘iga, yassi tomga va LiDAR sensoriga ega ekanini ko‘rsatadi. Old qismda ingichka faralar, bamperda ISD elementlari va trapezsimon havo kirish panjarasi bor. Orqa tomonda bitta uzun chiroq bloki, tom spoyleri va ko‘p shoxli disklar joylashgan. Eshik tutqichlari tortiluvchi, lekin Xitoyda bu funksiyadan voz kechish rejalashtirilgani qayd qilindi.

Suratlardan prototip PHEV ekanini bilish mumkin, chunki pastki qismda chiqarish trubalari ko‘rinadi. Orqa g‘ildiraklar boshqaruvi BYD uchun yuqori texnologiyali yondashuv bo‘lib, avval Denza va Yangwang modellarida uchragan.

Foto: Shuoche

Dynasty-D taxminan 5,2 metr uzunlikka ega bo‘ladi. U krossover segmentida Onvo L90, Geely Galaxy M9, Aito M8 kabi to‘liq o‘lchamli BEV, PHEV va EREV modellariga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Avtomobil Di-Pilot 300 tizimi bilan jihozlanadi. U LiDAR, 12 ta kamera va Nvidia Orin-X chipidan foydalanadi, hisoblash quvvati 254 TOPS. Shuningdek, 200 km dan ortiq sof elektr yurish zaxirasi va DiSus-A moslashuvchan osma tizimi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BYD Denza B5 ANCAP xavfsizlik sinovidan qanday o‘tgani haqida yozgan edi.

Shuningdek