Centrum Air Istanbul aeroportida qolib ketgan fuqaroga kompensatsiya to‘ladi

eʼlon qilindi
Aviakompaniya tomonidan ortiqcha chipta sotilgani sababli u va turmush o‘rtog‘i samolyotga chiqolmagan
O‘zbekistonliklar eng kam sayohat qiladigan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
Centrum Air Istanbul aeroportida qolib ketgan fuqaroga kompensatsiya to‘ladi / Foto: Getty Images

Centrum Air samolyotga chiqolmay, Istanbulda qolib ketgan namanganlik fuqaroga kompensatsiya to‘ladi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, fuqaro 2025-yil 26-sentabr kuni Centrum Air rasmiy sayti orqali Istanbul — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha ikki dona aviabilet xarid qilgan. Biroq aviakompaniya tomonidan ortiqcha chipta sotilgani sababli u va turmush o‘rtog‘i samolyotga chiqolmay, Istanbul aeroportida qolib ketgan. Bir sutkadan so‘ng ularga majburan Istanbul — Toshkent reysi taklif qilingan va ular shu yo‘nalishda parvoz qilgan.

Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fuqaro iste’molchi sifatidagi huquqlarini tiklash bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.

O‘rganishlar davomida aviakompaniya yuzaga kelgan noqulaylik o‘z xatosi sababli sodir bo‘lganini tan olib, fuqaro bilan kelishilgan holda kompensatsiya va imtiyozlar taqdim etganini ma’lum qildi. Jumladan, fuqaroga 500 yevro miqdorida kompensatsiya, 865 ming so‘m pul to‘lovi, aviakompaniyaning istalgan yo‘nalishiga keyingi parvozlar uchun 20 foizlik chegirma beruvchi promokod, 23 kg qo‘shimcha bepul bagaj hamda parvoz vaqtida samolyotning birinchi qatoridagi joylardan bepul foydalanish imkoniyati berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent — London yo‘nalishida yangi reyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, 2025-yilning 15-dekabr kuni Qanot Sharq aviakompaniyasi «Toshkent – London – Toshkent» yo‘nalishidagi ilk parvozini Buyuk Britaniyaning Gatvik xalqaro aeroportiga amalga oshirdi. 

Shuningdek