Kechga nima ovqat: klassik lazanya qanday tayyorlanadi

19-dekabr 2025 16:54 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Getty Images

Klassik lazanya – butun dunyoda mashhur va barcha sevadigan italyancha taomlardan biridir. Ko‘pchilik uni tayyorlash murakkab deb o‘ylaydi, ammo bir marta tayyorlab ko‘rgach, bu jarayonning osonligini tushunasiz.

Kursiv Uzbekistan retsepti bilan klassik lazanya tayyorlash yanada osonlashadi.

TuriMasalliqlarMiqdori
Xamir uchunTuxum4 dona
Un350 g
Tuz1 choy qoshiq
O‘simlik yog‘i1 osh qoshiq
Bolonyeze qaylasi uchunMol go‘shti qiyma500 g
Piyoz1 ta
Sabzi1 ta
Suv30 ml
O‘simlik yog‘i30 ml
Pomidorlar 300 ml
Tomat pastasi1 osh qoshiq
Tuz1 choy qoshiq
Qora murch0,5 choy qoshiq
Quritilgan qalampir (paprika)1 choy qoshiq
Yanchilgan kashnich1 choy qoshiq
Sarimsoqpiyoz tishchasi2 dona
Beshamel qaylasi uchunSariyog‘50 g
Un50 g
Sut600 ml
Tuz0,5 choy qoshiq
Qora murch0,5 choy qoshiq
Maydalangan muskat yong‘og‘i1 choy qoshiq
Sepish uchunMotsarella pishlog‘i300 g

Tayyorlash bosqichlari

Лазанья Классический рецепт Как приготовить дома

1-bosqich. Idishda tuxum, tuz va o‘simlik yog‘i, elangan un qo‘shib, aralashtiramiz. Massa quyuqlashgandan so‘ng xamirni qo‘l bilan 7–10 daqiqa davomida qorib, plyonkaga o‘rab sovutgichga 1 soatga qo‘yamiz.

2-bosqich. Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda to‘g‘raymiz, sabzini esa qirg‘ichdan chiqaramiz. Sabzavotlarni o‘simlik yog‘ida 5–7 daqiqa davomida qovuramiz.

3-bosqich. Qiyma qo‘shib, yaxshilab aralashtirib qovuramiz. Tomat pastasi va o‘z sharbatidagi pomidorlarni qo‘shamiz. Ziravorlar va suv qo‘shib, aralashtiramiz. Qaylani o‘rtacha olovda kamida 1 soat davomida dimlaymiz. Kerak bo‘lsa suv qo‘shib turamiz.

4-bosqich. Ostki qismi qalin idishda sariyog‘ni eritamiz. Un qo‘shib, biroz yong‘oq rangiga kelguncha aralashtiramiz. Sovuq sut qo‘shib, silikon lopatka bilan aralashtiramiz. Qaylani quyuqlashgunga qadar o‘rtacha olovda pishiramiz. Tayyor beshamel qaylani plyonka bilan berkitamiz.

5-bosqich. Xamirni 4 ta teng qismga bo‘lamiz. Xamirni yupqa yoyib, qolip o‘lchamiga moslab kesamiz. Qolipdan 1 sm kichikroq qilib kesish tavsiya etiladi, chunki pishirishda xamir biroz oshadi.

6-bosqich. Motsarella pishlog‘ini qirg‘ichdan chiqaramiz. Qolipga avval beshamel qaylasi, ustiga lazanya xamiri, qiymalik qayla, yana beshamel qaylasi va motsarella pishlog‘ini ketma-ketlik bilan terib chiqamiz. Oxirgi qatlamga bolonyeze, beshamel qaylasi va motsarella sepamiz. Usti ochiq qoladi.

7-bosqich. 190°C gacha qizdirilgan pechga lazanyani folga ostida 30–40 daqiqa, so‘ngra folgani olib tashlab, 20 daqiqa davomida qizartiramiz. Tayyor lazanyani biroz sovutib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Shuningdek