
Klassik lazanya – butun dunyoda mashhur va barcha sevadigan italyancha taomlardan biridir. Ko‘pchilik uni tayyorlash murakkab deb o‘ylaydi, ammo bir marta tayyorlab ko‘rgach, bu jarayonning osonligini tushunasiz.
Kursiv Uzbekistan retsepti bilan klassik lazanya tayyorlash yanada osonlashadi.
| Turi | Masalliqlar | Miqdori |
|---|---|---|
| Xamir uchun | Tuxum | 4 dona |
| Un | 350 g | |
| Tuz | 1 choy qoshiq | |
| O‘simlik yog‘i | 1 osh qoshiq | |
| Bolonyeze qaylasi uchun | Mol go‘shti qiyma | 500 g |
| Piyoz | 1 ta | |
| Sabzi | 1 ta | |
| Suv | 30 ml | |
| O‘simlik yog‘i | 30 ml | |
| Pomidorlar | 300 ml | |
| Tomat pastasi | 1 osh qoshiq | |
| Tuz | 1 choy qoshiq | |
| Qora murch | 0,5 choy qoshiq | |
| Quritilgan qalampir (paprika) | 1 choy qoshiq | |
| Yanchilgan kashnich | 1 choy qoshiq | |
| Sarimsoqpiyoz tishchasi | 2 dona | |
| Beshamel qaylasi uchun | Sariyog‘ | 50 g |
| Un | 50 g | |
| Sut | 600 ml | |
| Tuz | 0,5 choy qoshiq | |
| Qora murch | 0,5 choy qoshiq | |
| Maydalangan muskat yong‘og‘i | 1 choy qoshiq | |
| Sepish uchun | Motsarella pishlog‘i | 300 g |
Tayyorlash bosqichlari
1-bosqich. Idishda tuxum, tuz va o‘simlik yog‘i, elangan un qo‘shib, aralashtiramiz. Massa quyuqlashgandan so‘ng xamirni qo‘l bilan 7–10 daqiqa davomida qorib, plyonkaga o‘rab sovutgichga 1 soatga qo‘yamiz.
2-bosqich. Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda to‘g‘raymiz, sabzini esa qirg‘ichdan chiqaramiz. Sabzavotlarni o‘simlik yog‘ida 5–7 daqiqa davomida qovuramiz.
3-bosqich. Qiyma qo‘shib, yaxshilab aralashtirib qovuramiz. Tomat pastasi va o‘z sharbatidagi pomidorlarni qo‘shamiz. Ziravorlar va suv qo‘shib, aralashtiramiz. Qaylani o‘rtacha olovda kamida 1 soat davomida dimlaymiz. Kerak bo‘lsa suv qo‘shib turamiz.
4-bosqich. Ostki qismi qalin idishda sariyog‘ni eritamiz. Un qo‘shib, biroz yong‘oq rangiga kelguncha aralashtiramiz. Sovuq sut qo‘shib, silikon lopatka bilan aralashtiramiz. Qaylani quyuqlashgunga qadar o‘rtacha olovda pishiramiz. Tayyor beshamel qaylani plyonka bilan berkitamiz.
5-bosqich. Xamirni 4 ta teng qismga bo‘lamiz. Xamirni yupqa yoyib, qolip o‘lchamiga moslab kesamiz. Qolipdan 1 sm kichikroq qilib kesish tavsiya etiladi, chunki pishirishda xamir biroz oshadi.
6-bosqich. Motsarella pishlog‘ini qirg‘ichdan chiqaramiz. Qolipga avval beshamel qaylasi, ustiga lazanya xamiri, qiymalik qayla, yana beshamel qaylasi va motsarella pishlog‘ini ketma-ketlik bilan terib chiqamiz. Oxirgi qatlamga bolonyeze, beshamel qaylasi va motsarella sepamiz. Usti ochiq qoladi.
7-bosqich. 190°C gacha qizdirilgan pechga lazanyani folga ostida 30–40 daqiqa, so‘ngra folgani olib tashlab, 20 daqiqa davomida qizartiramiz. Tayyor lazanyani biroz sovutib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
