Kinotavsiya: dam olish kunlari qaysi filmlarni tomosha qilish mumkin

19-dekabr 2025 17:42 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Kinotavsiya: dam olish kunlari qaysi filmlarni tomosha qilish mumkin
Kinotavsiya: dam olish kunlari qaysi filmlarni tomosha qilish mumkin / Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Dam olish kunlari uchun qaysi filmni tanlashga ikkilanayotganlar uchun Kursiv Uzbekistan turli janrdagi yangi o‘zbek va xorij filmlarini jamladi. Ushbu tanlov sizga dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish va kayfiyatingizni ko‘tarish imkonini beradi.

«Maxtumquli Firog‘iy»

Maxtumquli Firog

«Maxtumquli Firog‘iy» filmi turkman xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tarixiy-biografik asardir. Filmda XVIII asrda yashab ijod qilgan shoirning xalq taqdiri, adolat, birlik va ma’naviyat haqidagi qarashlari badiiy tarzda yoritiladi. Asar orqali tomoshabin o‘sha davrning ijtimoiy muhitini, xalqning dardini va shoirning ichki kechinmalarini his etadi.

«Fakxem-xoll» («Fackham Hall»)

Fackham Hall | Official Green Band Trailer | Bleecker Street

«Fakxem-xoll» («Fackham Hall») 2025-yilda suratga olingan Buyuk Britaniya komediyasi bo‘lib, film tomoshabinni qadimiy, biroq biroz g‘alati voqealarga boy ingliz mulkiga olib kiradi. Asar markazida Fackham Hall nomli hashamatli, lekin sirli uy va uning atrofida sodir bo‘ladigan kulgili, kutilmagan vaziyatlar turadi. Film klassik ingliz yumorini zamonaviy kinotil bilan uyg‘unlashtirgan holda, tomoshabinni yengil va maroqli kayfiyatga chorlaydi.

«Sevgi sharbati»

Sevgi Sharbati Film | Rasmiy Treyler | Tez kunda

«Sevgi sharbati» 2025-yilda suratga olingan romantik-komedik film bo‘lib, yoshlar hayoti, orzu va sevgi mavzusini yengil va qiziqarli uslubda ochib beradi. Film syujeti markazida kimyo yo‘nalishida tahsil olayotgan yosh talaba turadi. U ilmiy bilimlari yordamida barcha qizlarning qalbini rom etadigan «sevgi sharbati»ni yaratishni orzu qiladi va bu g‘oya uni kutilmagan tajribalar sari yetaklaydi.

Bundan avval Kursiv Uzbekistan «Oskar» uchun nomzod filmlar short-listi e’lon qilingani haqida xabar bergandi. Unga ko‘ra, bu yil 12 ta nominatsiya bo‘yicha turli janrdagi filmlar saralangan. Ro‘yxatda yirik blokbasterlar bilan birga mualliflik dramalari ham bor.

Shuningdek