Meksikaning Volaris va Viva aviakompaniyalari birlashadi

Meksikaning ikki yirik aviakompaniyalari Volaris va Viva teng huquqli sheriklik asosida birlashish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, har ikki aviakompaniya o‘z brendlarini saqlab qoladi, biroq xolding darajasida egalik huquqlari birlashtiriladi. Bitim natijasida Volaris va Viva aksiyadorlari yangi guruhda 50 foizdan ulushga ega bo‘ladi. Yangi tuzilmaga transport magnati Roberto Alkantara rahbarlik qilishi belgilangan.

Kompaniyalar ushbu birlashuv orqali operatsion xarajatlarni kamaytirish va yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishni maqsad qilgan. Hozirda Meksika ichki bozorining uchdan bir qismini Aeromexico nazorat qilmoqda, yangi guruh esa ushbu raqobatda yetakchilikni qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. Har ikki tashuvchi faqatgina Airbus samolyotlaridan foydalanishi operatsion jarayonlarni birlashtirishda qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Birlashish jarayoni 2026-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. Biroq bitim monopoliyaga qarshi kurashish organlarining roziligini olishi lozim. Mutaxassislarning fikricha, Aeromexico ushbu birlashuvga qarshi chiqishi ehtimoldan xoli emas.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan viloyatlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.