MG4 Anxin Edition yetkazib berilishi boshlandi

19-dekabr 2025 10:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: MG

SAIC kompaniyasining MG brendi 18-dekabr kuni MG4 Anxin Edition elektromobilini mijozlarga yetkazishni boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model dunyoda ilk bor ommaviy ishlab chiqarilgan va suyuq-qattiq holatdagi akkumulyator bilan jihozlangan yengil yo‘lovchi avtomobil hisoblanadi. Avtomobil CLTC sikli bo‘yicha 530 km masofaga bir quvvatda harakatlanadi. Quvvatlash tizimi 2C tez quvvatlashni qo‘llab, batareyani 30 foizdan 80 foizgacha 21 daqiqada to‘ldiradi. Bunda elektr energiyasi sarfi 100 km uchun 11,9 kVt/soat deb ko‘rsatilgan.

Foto: MG

MG4 Anxin Edition 120 kVt quvvatli doimiy magnitli old elektr motoriga ega, maksimal 250 Nm aylanish momenti mavjud. Tezlanish 0 dan 50 km/soatgacha 3 soniya atrofida. Maksimal tezligi 160 km/soat.

MG4’ning o‘lchamlari 4395×1842×1551 mm, g‘ildirak bazasi 2750 mm. Modelning umumiy og‘irligi 1500 kg. Suyuqlik kamroq bo‘lgan (5%) suyuq-qattiq holatdagi marganets asosidagi 53,95 kVt·soat batareya ishlatilgan. Shu tufayli avtomobil xavfsizligi va samaradorligi oshgan.

MG4 bu yil avgust oyida Chengdu avtosalonida namoyish etilgan bo‘lib, besh xil jihoz darajasida sotuvga chiqarilgan. Narxlar 68 800 yuandan ($9 800) boshlanadi. Anxin Edition eng qimmat komplektatsiya bo‘lib, 102 800 yuan ($14 600) turadi.

Foto: MG

Avtomobil saloni 15,6 dyuymli markaziy boshqaruv ekraniga ega. Qualcomm Snapdragon 8155 chipi, LCD panel hamda ikki qatlamli markaziy konsol bilan jihozlangan. Yukxonasi 471 litr bo‘lib, orqa o‘rindiqlar yiqilganda 1362 litrga yetadi.

Model 5 ta kamera va 12 ta ultratovushli sensorlar yordamida avtomatlashtirilgan haydovchi yordamchisiga ega. Tizim Horizon Robotics Journey J6e chipida ishlaydi va 80 TOPS hisoblash quvvatini ta’minlaydi. Shuning uchun avtomobil avtomagistralda NOA rejimini va avtoparkovkani qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan MG4 avtomobili endi CATL batareyalari bilan jihozlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek