OpenAI ChatGPT ichida ishlaydigan ilovalar katalogini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Dasturchilar uchun o‘z ilovalarini katalogga joylashtirish imkoni ham mavjud
OpenAI ChatGPT ichida ishlaydigan ilovalar katalogini ishga tushirdi / Foto: OpenAI

OpenAI kompaniyasi ChatGPT foydalanuvchilari uchun bevosita interfeys orqali ishlaydigan ilovalar katalogini taqdim etdi. Bu haqda Engadget ma’lum qildi.

Endilikda foydalanuvchilar uchinchi tomon xizmatlarini chat-bot ichida ulash orqali Apple Music’da musiqani qidirish, pleylistlar yaratish va treklar kutubxonasini boshqarish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, DoorDash xizmati integratsiyasi yordamida retseptlar va mahsulotlar ro‘yxati asosida oziq-ovqat xaridlarini rejalashtirish mumkin.

Katalog kategoriyalarga bo‘lingan bo‘lib, foydalanuvchilar kerakli ilovani tez topishlari mumkin. Ilovani ulash uchun ro‘yxatdan tanlash, Connect tugmasini bosish va ChatGPT’da ruxsat berish kifoya. Shu orqali tanlangan ilova bilan bog‘liq chatni boshlash mumkin. Masalan, Dropbox ilovasini ulash orqali foydalanuvchi analitika olish, qisqa hisobotlar tayyorlash va hujjatlarni umumlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, OpenAI dasturchilar uchun o‘z ilovalarini katalogga joylashtirish imkoniyatini yaratdi. Kompaniya ochiq kodli ilovalar namunasi, interfeys kutubxonasi va ilova yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘llanma kabi resurs va vositalarni taqdim qildi. Hozirda dasturchilar ilovalarini faqat tashqi havolalar orqali monetizatsiya qilishi mumkin, ammo OpenAI kelajakda ichki monetizatsiya imkoniyatlarini joriy etishni ko‘zlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amazon OpenAI’ga 10 milliard dollar sarmoya kiritishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek