Gadjetlar

Oppo Reno 15 Pro Mini haqida nimalar ma’lum

Yangi Mini modeli seriyaning premium dizaynini saqlagan
Foto: Gizmochina

OppoReno 15 Mini smartfoni haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Manbada qayd etilishicha, yangi Mini modeli seriyaning premium dizaynini saqlagan, ammo o‘lchamlari kichikroq bo‘ladi. Uning 6,32 dyuym AMOLED displeyga ega bo‘lishi va 1,6 millimetrgacha ingichka ramkalar bilan chiqishi taxmin qilinmoqda. Bu esa uni kompakt segmentga yaqinlashtiradi.

Dizayn tafsilotlari ham oshkor bo‘lgan. Qurilmaning og‘irligi atigi 187 gramm bo‘lishi, korpus qalinligi esa 7,99 mm bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, smartfon ranglaridan biri Glacier White bo‘lib, lenta uslubidagi bezak bilan Reno 15 Pro dizayniga o‘xshash bo‘ladi. Material sifatida orqa tomonda shisha panel ishlatiladi. Qurilma chang va suvga chidamlilik bo‘yicha IP66, IP67 va IP69 standartlariga mos bo‘lishi aytilgan.

Nashrlar hozircha texnik xususiyatlar va aniq taqdimot sanasi haqida ma’lumot bermadi. Ammo model Pro yoki bazaviy Reno 15 o‘rtasida joylashgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Find X9 Ultra smartfoni qanday batareya bilan chiqishi haqida yozgan edi.