Qamchiq dovonida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi

eʼlon qilindi
19-dekabr soat 04:00 dan boshlab
Qamchiq dovonida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi / Foto: Ochiq manbadan

Qamchiq dovonida yuk avtomobillari harakatiga vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Bu haqda «Qamchiqavtoyo‘l IYFK» Telegram sahifasida ma‘lum qilindi.

Unga ko‘ra, Qamchiq dovonidagi 180-kmdagi transport vositalari vaznini nazorat qilish punktida elektr tarmog‘ida qisqa tutashuv yuz bergani tufayli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli, Qamchiq dovonida «Vodiy–Toshkent» yo‘nalishida katta yuk avtomobillari harakati 19-dekabr soat 04:00 dan boshlab vaqtincha cheklandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida kanatdan yiqilgan qiz haqida xabar bergan edik.

Shuningdek