
Realme 16 Pro+ smartfoni blogerlar qo‘lida sinovdan o‘tkazilib, qurilmaning jonli fotosuratlari e’lon qilindi. Bu haqda TrakinTech X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Fotosuratlarga qaraganda telefon tashqi ko‘rinishi jihatidan noodatiy va o‘ziga xos ko‘rinadi. Dizaynda yangi elementlar yo‘q bo‘lsa-da, shakl, rang va orqa qopqoq materiali teksturasining uyg‘unligi birgalikda original ko‘rinish hosil qilgan.
Hozircha orqa qopqoq materiali nimadan yasalganligi aniq emas. Bu shunchaki oynaga chizilgan naqsh bo‘lishi yoki sun’iy teri yoki boshqa bir material bilan qoplangan bo‘lishi ham mumkin.
Texnik parametrlar haqidagi norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 6,8 dyuymli AMOLED displeyga ega bo‘ladi, uning o‘lchami 2800 x 1280 pikselni tashkil etadi. Qurilma 200 megapiksel asosiy kamera, 3,5 baravar optik zumni qo‘llab-quvvatlaydigan 50 megapiksel modul va taxminan 7000 mA/soat quvvatga ega batareya bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme Narzo 90 smartfonining texnik xususiyatlari haqida yozgan edik.


