SSSR davridan qolgan 55 yillik noyob avtomobil sotuvga qo‘yildi

19-dekabr 2025 14:28 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Tarantas News

Rossiyada 55 yil avval ishlab chiqarilgan, deyarli ideal holatda saqlanib qolgan Volga GAZ-21R avtomobili sotuvga chiqarildi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.

Gap 1970-yil fevral oyida konveyerdan chiqqan, Volga’ning uchinchi seriyasiga mansub bazaviy versiya haqida ketmoqda. Aynan shu yilning iyul oyida Gorkiy avtomobil zavodida yigirma birinchi modellar ishlab chiqarilishi rasman yakunlangan.

Sotuvchi ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil so‘nggi 55 yil davomida quruq garajda, maxsus g‘ilof ostida saqlangan. Mashinaning barcha detallari original bo‘lib, hatto yurilgan masofa ham o‘zgartirilmagan — umumiy probeg atigi 55 ming kilometrni tashkil etadi. Avtomobildan juda kam foydalanilgan, u faqat yoz mavsumida va nihoyatda ehtiyotkorlik bilan haydalgan.

Mukammal holati tufayli xususiy kolleksiya uchun haqiqiy topilma bo‘lishi mumkin bo‘lgan ushbu model arzon baholanmagan. Noyob Volga GAZ-21R 1 million 900 ming rublga ($23,940) baholanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet’ning 90-yillar afsonasi rekord narxda sotilgani haqida yozgandi.

Shuningdek