Toshkentda odam sotayotgan ayol qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
U jabrlanuvchilarni fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Toshkent shahrida odam savdosi bilan shug‘ullanayotgan ayol ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda yashovchi 27 yoshli ayol 2 fuqaroni Tailandga fohishalik qilishga yuborayotgan vaqtida aeroportda qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ushbu jinoiy harakat ayni paytda Tailandda bo‘lgan, 20 yoshli shaxs tomonidan tashkillashtirilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi «b», «g», «e», «z» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu modda bandlariga asosan gumonlanuvchilar besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Filippinda o‘zini mahalliy fuqaro sifatida tanishtirib mer bo‘lgan xitoylik Elis Guo hamda yana yetti kishi odam savdosi ayblovi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek