
Turkiya kubogi «A» guruhi 1-turi doirasida «Galatasaroy» o‘z maydonida «Bashakshehir» jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 22-daqiqada Ahmed Kutuju tomonidan kiritildi. Ushbu muvaffaqiyat «Galatasaroy» uchun turnirning yangi mavsumidagi muhim g‘alaba bo‘ldi. Mehmonlar jamoasi safida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

Shomurodov uchrashuvning 62-daqiqasiga qadar maydonda harakat qilib, so‘ngra zaxiraga olindi. Aynan shu daqiqada «Bashakshehir»ning ikkinchi o‘zbekistonlik vakili Abbosbek Fayzullayev o‘yinga qo‘shildi. O‘yin yakuniga qadar mehmonlar hisobni tenglashtirishga urinishgan bo‘lsa-da, «Galatasaroy» himoyasi ishonchli o‘yin namoyish etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekstan Shomurodov Turkiya Superligasida noyabr oyining ramziy tarkibidan joy olgani haqida xabar bergan edi.