
Vivo X200T smartfonining to‘liq texnik xususiyatlarini oshkor qilindi. Unga ko‘ra, yangi flagman MediaTek Dimensity 9400+ protsessori asosida ishlaydi va Android 15 tizimi bilan jihozlanadi.
Smartfon 6,67 dyuymli OLED ekranga ega bo‘ladi. Uning tasvir aniqligi 1,5K bo‘ladi. Kadr yangilanish tezligi esa 120 Hz bo‘lishi aytilmoqda. Bu esa o‘yinlar va video kontentda yuqori silliqlik beradi.
X200T uchta 50 megapikselli professional sensor bilan chiqadi. Asosiy modul Sony IMX921 bo‘ladi. Keng burchak kamerasi Samsung JN1 sensoridan foydalanadi. Uchinchi modul Sony IMX882 periskop linzasi bilan jihozlanadi. U 3 barobar optik zum imkoniyatini beradi. Bu esa uzoqdan olingan tasvirlarni tiniq aks ettirish imkonini yaratadi.

Akkumulyator sig‘imi 6200 mA/soat bo‘ladi. U 90 Vt tezkor simli, 40 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ko‘rsatkichlar uzoq ishlash va tez quvvat olish imkonini beradi. Flagman ultratovushli displey osti barmoq izi skaneri, Infraqizil port va IP69 namlik hamda changdan himoyaga ega bo‘ladi.
Qurilmaning qalinligi 7,99 mm, og‘irligi esa 205 gramm deb aytilmoqda. Dizayn nisbatan yengil va ingichka bo‘ladi. Narxi va taqdimot sanasi hozircha oshkor qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo S50 Pro Mini smartfoni haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.