21-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
20-dekabr soat 20:00 dan 21-dekabr soat 20:00 gacha
Ertaga Toshkentda qor yog‘adimi / Foto: Kursiv Uzbekistan/ Asadbek Komilov

21-dekabr kuni respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Harorat ko‘rsatkichlari hududlar bo‘yicha asosan kechasi sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud.

HududKechasiKunduziHolat
Toshkent shahri0–2° sovuq0–2° iliqKechasi va kunning birinchi yarmida biroz qor, tuman bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda yaxmalak. Shamol shimoli-sharqdan 
3-8 m/s.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati0–5° sovuq2° sovuq – 3° iliqBa’zi joylarda biroz qor, tuman bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda yaxmalak. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s.
Buxoro va Navoiy viloyatlari0–5° sovuq0–5° iliqBa’zi joylarda biroz qor, tuman bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda yaxmalak. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari0–5° sovuq0–5° iliqBa’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Ayrim joylarda yaxmalak. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari2° sovuq – 3° iliq0–5° iliqBa’zi joylarda yomg‘ir va qor, tuman bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda yaxmalak. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari2° sovuq – 3° iliq0–5° iliqBa’zi joylarda yomg‘ir va qor, tuman bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda yaxmalak. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s.
Respublikaning tog‘li hududlari3–8° sovuq0–5° sovuqVaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Tuman, yaxmalak va qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning oltita viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingandi.

Shuningdek