Dollar kursi bir haftada qanchaga pasaydi

AQSh valyutasi so‘nggi kunlarda turlicha o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda. «Kursiv» nashrining ushbu maqolasida dollar kursi bir haftada qanchaga pasaygani va qanday o‘zgargani haqida so‘z boradi.
15-dekabr kuni 1 AQSh dollari 12 097,93 so‘m etib belgilangan edi. Bu kunda kurs 50,48 so‘mga oshdi. 16-dekabrda dollar yana mustahkamlanib, 12 130,01 so‘m (+32,08 so‘m) bo‘ldi. Ammo keyingi kunlarda vaziyat o‘zgardi. 17-dekabrda kurs 12 105,56 so‘mga tushib, 24,45 so‘mga arzonlashdi. 18-dekabr kuni esa pasayish sezilarli bo‘ldi. Kurs 12 059,78 so‘mga (-45,78 so‘m) tushdi.
19-dekabrda dollar yana 38,17 so‘mga arzonlab, 12 021,61 so‘m etib belgilandi. Shu tariqa hafta davomida dollar bosqichma-bosqich pasaydi.
Umumiy hisobda dollar kursi hafta davomida 76,32 so‘mga arzonladi.

Valyuta kursi qanday belgilanadi
2025-yilda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri – valyuta kursi. 2026-yilda unga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida o‘z mulohazalarini Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nodirbek Achilov Kursiv Uzbekistan bilan bo‘lishdi.
Tashqi va ichki omillar bo‘yicha Markaziy bank prognozi
Albatta, yaqin yarim yil ichida juda koʻp omillarda ijobiylik kuzatyapmiz. Birinchidan, eksport tushumlari ijobiy o‘sish tendensiyasiga ega. Bu, albatta, davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha islohotlar natijasi. Eksport tushumlarida ijobiy omillar saqlanib qoladi.
Shu bilan birgalikda, yana muhim omillardan biri — toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi. Masalan, toʻqqiz oy yakunlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 15,4 milliard dollarni tashkil qildi va o‘sish dinamikasi davom etishi kutilmoqda.
Xuddi shu tendensiyalar, bu ijobiylikning saqlanib qolishini kutyapmiz va umuman olganda, iqtisodiyotimizdagi oshib borayotgan, birinchidan, samaradorlik va shu bilan birga — ochiqlik. Masalan, Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlyapmiz. Undan tashqari, qoʻshnilar bilan munosabatlarimizning yaxshilanishi, bu albatta yurtimizga kelgusida kirib keladigan moliyaviy resurslar hajmini oshiradi.
Kursiv Uzbekistan nashri 22-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.