Kelgusida O‘zbekistonda ham Disneyland tematik bog‘i barpo etilishi mumkin

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda Disney kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasini ochilishi mumkin
Kelgusida O‘zbekistonda ham Disneyland tematik bog‘i barpo etilishi mumkin
Kelgusida O‘zbekistonda ham Disneyland tematik bog‘i barpo etilishi mumkin / Foto: Disneyland

Kelgusida O‘zbekistonda ham Disneyland tematik bog‘i barpo etilishi mumkin. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Unga ko’ra, Mirziyoyeva joriy yilning 19-dekabr kuni The Walt Disney Company kompaniyasining vitse-prezidenti, yetti karra «Emmi» mukofoti sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashdi. Uchrashuvda Toshkent shahrini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish masalalari muhokama qilindi.

Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlash rejalari bildirildi. Shuningdek, O‘zbekistonda Disney kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilida bo‘lgan telekanal tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

«Muhim loyihalar qatorida xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan Cinema Park kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan Disneyland tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor», — deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasidagi nutqida YUNЕSKO doirasida Media savodxonlik strategiyasini ishlab chiqish hamda Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini o‘tkazish tashabbusini ilgari surgandi.

Shuningdek