Tojikistondan 100 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasini olib kirganlar qamoqqa olindi

eʼlon qilindi
Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida
Tojikistondan 100 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasini olib kirganlar qamoqqa olindi
Tojikistondan 100 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasini olib kirganlar qamoqqa olindi / Ekran tasviri videodan olindi

Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida Tojikistondan 100 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasini olib kirganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi 1996 va 1997-yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs 79 kg opiy moddasini Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirib, sotish maqsadida yashirib qo‘ygan. Tezkor tadbirda mazkur modda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Shuningdek, ularning ko‘rsatmasiga asosan muqaddam dala hududiga yashirilgan 1 kg 953 g metanfetamin moddasi ham topildi.

Boshqa bir holatda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi 1994 va 1997-yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs hamda Tojikistonning Tursunzoda tumanida istiqomat qiluvchi fuqarosi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, 30 kg 357 g opiy moddasini mamlakat hududiga olib kirayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, ular ushbu giyohvandlik vositasini ma’lum haq evaziga belgilangan manzilga yetkazib berishlari kerak bo‘lgan. Tadbir davomida mazkur jinoyatning buyurtmachisi sifatida Denov shahrida yashovchi shaxs ham ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avvalroq Samarqand viloyatida giyohvandlik moddalarini marmar toshlar orasiga yashirib O‘zbekistonga olib kirish holati fosh etilgandi.

Shuningdek