Avto

50 yillik tarixga ega BMW 3 seriyasining sakkizinchi avlodi ishlab chiqariladi

2026-yilning ikkinchi yarmida
50 yillik tarixga ega BMW 3 seriyasining sakkizinchi avlodi ishlab chiqariladi / Foto: BMW

BMW Group konserni dunyo bo‘yicha BMW 3 seriyasi avtomobillarining umumiy ishlab chiqarish hajmi 18 mlndan oshganini e’lon qildi. Ushbu mashhur model 1975-yildan buyon 13 ta mamlakatdagi 18 zavodda ishlab chiqarilgan.

Yarim asr davomida BMW 3 seriyasini ishlab chiqarish markazi Myunxendagi bosh zavod bo‘lib kelmoqda. 1982-yilda seriyaning ikkinchi avlodi ishga tushirilganda, karoseriya sexida sanoat robotlari yordamida to‘liq avtomatlashtirish joriy etilgan. Bugungi kunda esa sifat nazorati uchun sun’iy intellekt ham keng qo‘llanilmoqda. Zavod orqali ko‘plab xorijiy zavodlar – Amerika Spartanburgidan Xitoy Shengyangigacha – seriyani birinchi model sifatida ishlab chiqarishni boshlagan.

Foto: BMW

BMW ishlab chiqarish tizimining moslashuvchanligi bir chiziqda benzin dvigatellari, gibrid tizimlar va elektromotorlar bilan jihozlangan avtomobillar, shuningdek, turli karoseriyalar – sedanlardan kabrioletlargacha – ishlab chiqarishga imkon beradi. Hozirda 3 seriyaning yettinchi avlodi Germaniya, Xitoy, Meksika, Hindiston, Tailand va Braziliya zavodlarida ishlab chiqarilmoqda.

Kompaniya sakkizinchi avlod uchun tayyorgarlikni boshladi. Mutlaqo yangi, to‘liq elektr BMW 3 seriyasi 2026-yilning ikkinchi yarmida Myunxenda konveyerga chiqariladi. Keyinchalik ishlab chiqarish Xitoy va Meksikada ham yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: BMW

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aviatsiya zavodidan global avtomobil brendigacha bo‘lgan BMW tarixi haqida maqola e’lon qilgan edik.