
Tesla kompaniyasi bosh direktori Ilon Maskning boyligi Delaware oliy sudi o‘tgan yili bekor qilgan $139 mlrd qiymatdagi Tesla aksiyalari tiklagach, rekord darajaga – $749 mlrd ga yetdi. Bu haqda Forbes ma’lum qildi.
Delaware Chancery sudi 2018-yilda ushbu opsiyalar Maskga berilish jarayoni adolatsiz deb topgach, Forbes 2024-yil yanvaridan boshlab Tesla aksiyalari opsiyalarini baholashda 50% chegirma qo‘llagan edi. Ammo Delaware oliy sudida 19-dekabr kuni «opsiyalarni bekor qilish noto‘g‘ri chora» mazmunidagi qaror chiqargach, Forbes bu chegirmani bekor qildi. Natijada Maskning boyligi $69,5 mlrd ga oshdi.
Hozirda Tesla Ilon Maskning eng qimmat aktiviga aylangan. U kompaniyadagi aksiyalari opsiyalaridan tashqari $199 mlrd qiymatdagi 12 fozilik oddiy aksiyalarga egalik qiladi. Bu $199 mlrd qiymatga teng. Shu bilan Tesla’dagi umumiy ulushi $338 mlrd ni tashkil etadi. Noyabr oyida Tesla Maskga rekord ish haqi paketi bergan, agar kompaniya belgilangan «Mars shot» natijalariga erishsa, unga qo‘shimcha $1 trillion aksiyalar berilishi mumkin.
Maskning ikkinchi eng qimmat aktivi, taxminiy 42% ulushga ega SpaceX kompaniyasi hisoblanadi. Hozirda bu ulush Tesla’nikidan $2 mlrd kam bo‘lib, $336 mlrd ga baholanmoqda. SpaceX 2026-yilda IPO o‘tkazishi kutilmoqda. Bu esa kompaniya qiymatini $1,5 trillion ga yetkazishi mumkin. Ehtimol, aynan SpaceX Maskni birinchi trillionerg aylantiradi.
Hozirda Mask Google asoschisi va dunyoning ikkinchi eng boy odami Lerri Peyjdan taxminan yarim trillion dollarga oldinda. Peyjning boyligi $253 mlrd atrofida baholanmoqda, bu Maskning boyligidan taxminan $500 mlrd kam.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask DOGE loyihasiga qayta rahbarlik qilmasligini ma’lum qilgan edi.