Gadjetlar

Honor Win smartfonlari IP69K himoya darajasi bilan taqdim etiladi

Rasmiy taqdimot 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi
Honor Win smartfonlari IP69K himoya darajasi bilan taqdim etiladi / Foto: Honor

Honor kompaniyasining yangi Honor Win seriyasidagi smartfonlari chang va suvdan maksimal darajada himoyalangan bo‘lib, IP69K himoya darajasiga ega bo‘ladi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, seriyadagi barcha modellarda sovitish uchun ventilyator o‘rnatilishi ma’lum qilindi. Foydalanuvchilar ventilyatorni o‘chirib qo‘yishlari mumkin bo‘ladi, biroq bu holatda qurilmaning sovitish samaradorligi pasayadi.

Norasmiy ma’lumotlarda aytilishicha, Honor Win smartfoni, jumladan Honor Win Pro modeli 10 000 mA·soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlanadi. Qurilma 100 vattli simli va 80 vattli simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Yangi Honor Win seriyasining rasmiy taqdimoti 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Magic 8 Pro jahon bozorida namoyish etilgan edi.