Poco yangi M8 va M8 Pro modellarini taqdim etadi

21-dekabr 2025 14:15 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Poco yangi M8 va M8 Pro modellarini taqdim etadi / Foto: Poco M7 Pro / Poco

Poco kompaniyasi yanvarda yangi Poco M8 Pro va Poco M8 smartfonlarini bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda. Qurilma xususiyatlari haqida texnoinsayder Yogesh Brar ma’lum qildi.

Poco M8 Pro 6,8 dyuymli OLED ekran, 1,5K piksellar soni va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘ladi. Old kamera 32 MP, asosiy kamerada esa 50 MP va 8 MP sensorlar mavjud. Qurilma Snapdragon 7s Gen 4 platformasiga asoslanadi. Batareya sig‘imi 6500 mAh, maksimal quvvat bilan zaryadlash 100 Vt.

Poco M8 esa biroz sodda bo‘lib, 6,7 dyuymli OLED ekran, Full HD+ piksellar soni va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘ladi. Qurilma Snapdragon 6 Gen 3 platformasida ishlaydi, batareya sig‘imi 5520 mAh va zaryadlash quvvati 45 Vt. Asosiy kamera 50 MP, old kamera esa 20 MP bo‘ladi.

Insayderning ma’lumotiga ko‘ra, Poco M8 Pro bozorga birinchi chorakning o‘rtalarida chiqariladi. Shu bilan birga, Poco X seriyasining yangi modellari hozircha rejalashtirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poco F8 Ultra va F8 Pro smartfonlari haqida yozgan edik.

Shuningdek