“Toshkent – Qozon – Toshkent” yo‘nalishidagi chiptalarga chegirma e’lon qilindi
eʼlon qilindi
2025-yil 18-dekabrdan boshlab

«Toshkent – Qozon – Toshkent» yo‘nalishidagi 315/316-sonli xalqaro poyezd chiptalari uchun qo‘shimcha chegirmalar joriy etildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lum qildi.
Endilikda chipta xarid qilish muddatiga qarab turli chegirmalar amal qiladi:
| Vagon turi | Jo‘nashdan 45–31 kun oldin | Jo‘nashdan 30–21 kun oldin | Jo‘nashdan 20–0 kun oldin |
|---|---|---|---|
| Kupe va SV | 35 % | 25 % | 15 % |
| Platskart | 25 % | 15 % | 10 % |
Chegirmalar 2025-yil 18-dekabrdan boshlab amal qilmoqda. Yo‘lovchilar safarlarini oldindan rejalashtirib, qulay narxlarda chipta xarid qilish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati sayohatni yanada qulay va tejamkor qilishni maqsad qilganini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma e’lon qilingan edi.