Yangiliklar

«Toshkent – Qozon – Toshkent» yo‘nalishidagi chiptalarga chegirma e’lon qilindi

2025-yil 18-dekabrdan boshlab
«Toshkent – Qozon – Toshkent» yo‘nalishidagi chiptalarga chegirma e’lon qilindi
«Toshkent – Qozon – Toshkent» yo‘nalishidagi chiptalarga chegirma e’lon qilindi / Foto: Transport vazirligi

«Toshkent – Qozon – Toshkent» yo‘nalishidagi 315/316-sonli xalqaro poyezd chiptalari uchun qo‘shimcha chegirmalar joriy etildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lum qildi.

Endilikda chipta sotib olish muddatiga qarab turli chegirmalar amal qiladi:

Vagon turiJo‘nashdan 45 – 31 kun oldinJo‘nashdan 30 – 21 kun oldinJo‘nashdan 20 – 0 kun oldin
Kupe va SV35 %25 %15 %
Platskart25 %15 %10 %

Chegirmalar 2025-yil 18-dekabrdan boshlab amal qilmoqda. Yo‘lovchilar safarlarini oldindan rejalashtirib, qulay narxlarda chipta xarid qilish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati sayohatni yanada qulay va tejamkor qilishni maqsad qilganini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma e’lon qilingan edi.