22-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi

eʼlon qilindi
Dushanba tartiblilik va hushyor qarorlarni talab qilish kuni
22-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi
22-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi / Foto: depositphotos

Dushanba tartiblilik va hushyor qarorlarni talab qilish kuni. 22-dekabrga mo‘ljallangan munajjimlar bashorati nimaga e’tibor qaratish va nimadan voz kechish kerakligini ortiqcha shubhalarsiz ko‘rsatadi.

Qo‘y (21.03 – 20.04)

Bugun sizni topqirlik, tashabbuskorlik xislatlari yo‘qlab o‘tmoqchi. Atrofdagilarni ham xuddi shu xislatlar bilan siylang. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishdan bo‘yin tovlamang. Aks holda pulsiz qolib ketasiz. Muhabbatda sizning istaklaringiz tez fursatda ado etilmasligi mumkin. Lekin suyukli insoningizga bo‘lgan qaynoq tuyg‘ulardan voz kechib qo‘ymang. O‘zingizni ehtiyot qiling.

Buzoq (21.04 – 20.05)

Moliyaviy va oilaviy ishlaringizda baraka seziladi. Yirik masalalarni biroz chetga surib, kichik, ammo muhim vazifalarni hal qilish foyda beradi. Qanday vaziyat yuzaga kelsa ham, xotirjamlikni saqlash siz uchun asosiy ustunlik bo‘ladi. Kechqurun qadrdon do‘stlar bilan muloqot qilish yoki mehmonga chaqirilish ehtimoli yuqori — bunday suhbatlar ruhingizni ko‘tarib, yangi fikrlar uchun ilhom beradi.

Egizaklar (21.05 – 21.06)

Kun boshlanishida sizda kuchli ishtiyoq va ilhom paydo bo‘lishi mumkin. Buni ijobiy yo‘nalishga burishga harakat qiling. Agar ish joyingizda kimdir sizga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lsa, javob qaytarishga shoshilmang. Sukutingizni saqlab, o‘z qadringizni ko‘rsating. Kechqurun yaqin insonlar bilan samimiy suhbatlar orqali ruhiy ozuqa olishingiz mumkin.

Arslon (23.07 – 22.08)

Bugun yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni tan oling va ularni takrorlamaslikka so‘z bering. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Ular sizga yangidan-yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishingizda asqotadi. Salomatligingiz ham havas qiladigan darajada emas. Tibbiy ko‘rikdan o‘ting, vrachlar aniq tashxis qo‘yishsin va muolajalarni boshlang.

Parizod (23.08 – 23.09)

Orzu-istaklaringiz ko‘p, ammo ular darrov amalga oshmasligi mumkin. «Oltin baliq» qo‘lga tushmasa ham, harakatdan to‘xtamang, sergak va o‘ylangan qadamlar sizga katta yo‘l ochadi. Ish joyida rahbarlar e’tiboridagi xodimga aylanishingiz kutilmoqda. Kechqurun xizmat safari boshlanishi ehtimoli bor. Agar shaxsiy avtomobilda yo‘lga chiqsangiz, serqatnov yo‘llarda alohida e’tiborli bo‘ling. Sog‘lig‘ingizni asrashni unutmang.

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Muhabbatda yangi sahifa ochilishi mumkin. Lekin har bir qadamni ehtiyotlilik bilan tashlang. Hissiyotlardan ko‘ra, tushunish muhim. Ishdagi faollik sizning obro‘ingizni oshiradi. Lekin ortiqcha ish bilan ruhiy charchoqqa yo‘liqmang. Dam olish ham ish kabi muhim.

Chayon (24.10 – 22.11)

Erta tongdanoq sergaklikni qo‘ldan bermang. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda eng qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Bu imkoniyat oila qurmaganlar uchun muhabbatda ham bo‘lishi mumkin. Agar sergak bo‘lmasangiz, taqdiringizni ijobiy tarafga o‘zgartira oladigan muhim vaziyatni qo‘ldan boy berasiz. Ayrimlar uyqusizlikdan bezovtalanishi mumkin. Televizor tomosha qilish o‘rniga kitob o‘qing, ko‘zlaringiz tez charchab albatta uyquga ketasiz.

O‘qotar (23.11 – 21.12)

Bugun eng og‘ir va murakkab vazifalarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi. Lekin atrofdagilardan yordam kutmang va talab ham qilmang. Agar mushkulotlarga sabr qila olsangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Eshitgan har bir yangilikni chuqur tahlil qiling. Kunning ikkinchi yarmida firibgarlik va aldovlarga duch kelishingiz mumkin. Kechqurun sizni kutilmagan sovg‘alar kutib turadi.

Tarozi (24.09 – 23.10)

Bugun muhim hujjatlarni tartibga solish, ayrim ishlaringizni qayta ko‘rib chiqish uchun qulay fursat bo‘lishi mumkin. Agar qarz yoki kechikkan majburiyatlar bo‘lsa, ularni o‘z vaqtida hal qilishni rejalashtiring. Kichik noroziliklar yoki qiyinchiliklar uchrasa, ularni ortiqcha shovqinsiz, xotirjamlik bilan hal qilishga harakat qiling. Shaxsiy munosabatlarda hissiyotlaringizni tinglash va o‘ziga xos ehtiyojlarni hisobga olish muhim. Kun oxirida yaqin insonlar bilan muloqot qilish kayfiyatingizni yaxshilashi mumkin.

Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Ish va shaxsiy hayot bilan bog‘liq rejalaringizni hech kimga oshkor qilmang. Bu sizga xavf keltirmasligi uchun muhim. Oilada yetakchilikni qo‘lga olishga harakat qiling. Bu nafaqat sizga, balki uydagilarga ham foyda beradi. Bugun jamiyatda o‘rni bor bir inson sizga qo‘shimcha daromadli ish taklif qilishi mumkin. Ammo kechgi payt kutilmaganda xizmat safariga chiqish ehtimoli bor. Shuni bilingki, bu safar sizga moliyaviy foyda keltirmaydi, lekin tajriba sifatida foydali bo‘lishi mumkin.

Baliq (19.02 – 20.03)

Ijodiy fikrlar kun davomida miyangizni chirmab olishi mumkin. Ulardan foydalanib, yangi loyihalarga qadam qo‘ying. Agar juftingiz sizdagi o‘zgarishlarni payqamasa, xafa bo‘lmang, ba’zan sukut ham sevgiga xizmat qiladi. Salomatlikda e’tiborsizlik qilmang.

Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

O‘zingizga haddan tashqari zeb berishdan tiyilganingiz ma’qul, aks holda uyda noxush vaziyat kelib chiqishi mumkin. Agar uyda jiddiy o‘zgarishlar, ta’mir yoki yangilanish ishlarini boshlamoqchi bo‘lsangiz, albatta yaqinlar bilan maslahatlashib ish tuting. Ro‘zg‘or uchun zarur xaridlarni keyinga qoldirmang. Romantik uchrashuvlar, tanishuvlar, safar yoki tabiat qo‘ynida dam olish esa yoqimli va muvaffaqiyatli kechadi.

Shuningdek