
23-dekabr kuni kechasi va ertalab ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi, tog‘li hududlarda esa qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat: kechasi -8…-0°, kunduzi -3…+12° atrofida bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Ob-havo | Kechasi | Kunduzi |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | Havo o‘zgaruvchan, kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin, tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak | -2°…-4° | +5°…+7° |
| Qoraqalpog‘iston Res., Xorazm viloyati | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman | -1°…-6° | +2°…+7° |
| Buxoro, Navoiy viloyatlari | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman | -4°…+1° | +7°…+12° |
| Toshkent viloyati | Havo o‘zgaruvchan, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin, tuman | -2°…-7° | +2°…+7° |
| Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman | -2°…-7° | +2°…+7° |
| Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman | -3°…+2° | +7°…+12° |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | Havo o‘zgaruvchan, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin, tuman | -0°…-5° | +0°…+5° |
| Tog‘li hududlar | Havo o‘zgaruvchan, kechasi va ertalab qor yog‘ishi mumkin, ba’zi joylarda tuman, qor ko‘chishi xavfi bor | -8°…-13° | -3°…+2° |