Yangiliklar

23-dekabr kuni respublikadagi metan «zapravkalar» qaysi vaqtda ishlaydi

Soat 10:00 dan 16:00 ga qadar
23-dekabr kuni, metan «zapravkalar»
Foto: Yandex Maps

23-dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar O‘zbekiston bo‘yicha barcha metan «zapravkalar» odatdagi rejimda faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi hududlarida metan zapravkalarning ish vaqti gaz bosimi holatidan kelib chiqib, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bu gaz bosimi pasaygan paytlarda tabiiy gaz resurslarini birinchi navbatda aholiga, jamoat transportiga hamda ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarga uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash zarurati bilan izohlanadi.

Bundan tashqari, vazirlik ta’kidlashicha, jamoat transportining barqaror ishlashi, aholi ehtiyojlari va ijtimoiy soha obyektlari ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Shu sababli gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmiga qarab metan zapravkalar ish rejimi hududiy hokimliklar bilan muvofiqlashtiriladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda metan «zapravkalar»ga vaqtincha cheklov joriy etilgani haqida yozgandi.