
«O‘zgidromet» 24 – 31-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, oy oxirida faqat ba’zi hududlarda qor kuzatiladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi, shamol yo‘nalishi sharqdan g‘arbga o‘zgarib, o‘rtacha 7–12 m/s tezlikda esishi prognoz qilinmoqda.
Hududlar kesimida ob-havo prognozi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 24, 27 va 29-31-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25-26 va 28-dekabr kunlari ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26-dekabrda 1-6° sovuq, 27-dekabrda 3-8° sovuq, 28-31-dekabrda 5-10° sovuq bo‘ladi, kunduzi 2-7° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
Xorazm viloyatida 24, 25, 27 va 29-31-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 va 28-dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26-dekabrda 1-6° sovuq, 27-dekabrda 3-8° sovuq, 28-31-dekabrda 5-10° sovuq bo‘ladi, kunduzi 2-7° iliqdan 3° sovuq, 2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24-dekabrda 7-12° iliq bo‘ladi, 25 – 31-dekabrda 2-7° iliqqacha o‘zgarib turadi.
Toshkent viloyatida 24-25 va 27-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-dekabr va 28-dekabrdan 31-dekabrga qadar ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24-25-dekabrda 5-10° iliq, 26 – 31-dekabrda 2-7° iliq bo‘ladi.
Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 24 – 27-dekabr va 31-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 28-29-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) va 30-dekabrda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24-25-dekabrda 5-10° iliq, 26-31-dekabrda 2-7° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 24 – 27 va 31-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
28-29-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) 30-dekabrda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 24-27-dekabrda 7-12° iliq, 28-31-dekabrda 5-10° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 24 – 28-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 30-31-dekabrda esa qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 24-25-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
26-31-dekabrda ba’zi joylarda qor, yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuqdan 3-8° sovuqqacha, kunduzi 0-5° sovuqdan 0-5° iliqqacha o‘zgarib turadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida birinchi qor yog‘gani haqida xabar berilgandi. Arabiston yarimoroli uchun kam uchraydigan ushbu tabiiy hodisa mamlakatning bir nechta hududlarida kuzatilgan. OAV tomonidan e’lon qilingan kadrlarda Neom hududidagi Troyena tog‘lari hamda Tabuk viloyatidagi Al-Louz tog‘lari qor bilan qoplangani aks etgan. Ayrim joylarda havo harorati noldan pastga tushib, avtomobil yo‘llarida muzlama yuzaga kelgan.