Sport

Abbos Fayzullayev yana bir reytingda yetakchilar safidan joy oldi

Foto: Instagram sahifasidan

Transfermarkt portali Turkiya Superligasida to‘p surayotgan MDH davlatlari futbolchilari orasida eng qimmat o‘yinchilar reytingi e’lon qilindi.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov yuqori o‘rinlardan joy oldi. Rossiyaning «SSKA» klubidan Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» jamoasiga ko‘chib o‘tgan Abbosbek Fayzullayev reytingda 3-o‘rinni band etdi. Portal uning transfer narxini 7 mln yevroga baholagan.

Foto: Transfermarkt

Ro‘yxatning 5-pog‘onasidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov joy olgan. «Roma»dan ijara asosida Istanbul klubi safiga qo‘shilgan tajribali hujumchining ayni paytdagi transfer qiymati 5 mln yevroni tashkil qiladi. Birinchi o‘rinda ukrainalik Botagov 9 mln yevro bilan band etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda ham yana bir ukrainalik futbolchi Zubkov egallagan. Uning transfer qiymati 7,5 mln yevro.

Avvaroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov Turkiya Superligasida noyabr oyining ramziy tarkibidan joy olgani haqida xabar bergan edi.