Avto

Chevrolet Tahoe 2025-yilning eng yaxshi yo‘ltanlamas modeli bo‘ldi

Model 100 ballik tizimda 83 ball to‘pladi
Chevrolet Tahoe
Foto: chevrolet.com

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Chevrolet Tahoe yilning eng yaxshi to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamasi deb topildi. Bu haqda J.D. Power tashkilotining tadqiqotlari Speedme.ru nashrida e’lon qilindi.

Model 100 ballik tizimda 83 ball to‘plab, Ford, GMC, Jeep va Toyota kabi yirik raqobatchilarni ortda qoldirdi.

Mutaxassislar Chevrolet Tahoe’ning asosiy ustunliklari sifatida zavod yig‘ilishining yuqori sifati, konstruktsiyaning ishonchliligi, boshqaruvdagi qulaylik, qayta sotishdagi yuqori qiymat hamda rasmiy dilerlar tomonidan ko‘rsatiladigan servis xizmatlari sifatini alohida ta’kidladi.

Chevrolet Tahoe’ning bazaviy versiyasi taxminan $59 mingdan boshlanadi, eng yuqori komplektatsiyalarning narxi esa $80 mingga yaqinlashadi. Ushbu model zamonaviy multimedia tizimlari, Super Cruise avtonom haydash funksiyasi, premium interyer dizayni hamda 355 ot kuchidan 495 ot kuchigacha bo‘lgan dvigatel variantlari bilan jihozlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan avgust oyida UzAuto Motors Chevrolet Tahoe High Country avtomobilini taqdim etgani haqida yozgandi.

26-avgust kuni UzAuto Motors 420 ot kuchiga ega Chevrolet Tahoe High Country yangi modelini taqdim etdi. Kursiv Uzbekistan nashri model haqida ma’lumotlar va tadbirdan tasvirlarni taqdim qildi.

Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

Yangilangan Chevrolet Tahoe avtomobilining texnik xususiyatlari

Model yangilangan radiator panjarasi, orqa optika va glushitellarga ega.
Avtomobil avvalgi versiyasidan balandroq, yo‘l oralig‘i 20 dan 25 sm gacha kengaytirilgan. Tahoe High Country’da avtomatik suriladigan ostonalar va suriladigan bar ham joriy etilgan.
Boshqa yangilanishlar orasida rul chambaragi va displey dizayni, uzatmalarni almashtirish uchun rul osti selektori mavjud. Iqlim nazorati, zamonaviy multimedia tizimi yaxshilandi.

Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

Chevrolet Tahoe High Country / Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

Chevrolet Tahoe High Country / Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

Tahoe High Country narxi 1,4 mlrd so‘m deb belgilangan bo‘lib, u kuch, qulaylik va katta sig‘imni o‘zida mujassam etgan yirik oilaviy SUV sifatida taqdim etilmoqda.

Taqdimotda qayd etilishicha, o‘tgan yili UzAuto Motors 373 ming dona avtomobil sotgan. Joriy yilning avgust oyi oxirida bu ko‘rsatkich 200 mingga yetdi. Yil oxirigacha kompaniya yana 300 mingta avtomobil sotishni rejalashtirmoqda.