
«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 12-dekabrdan 19-dekabrgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Lekin UCI fond indeksi 1,04 foizga tushdi.
Ushbu davr mobaynida «O‘zRTXB» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 21,37 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Kvarts» (+16,40%) va «Qashqadaryo texnologik transport» (+15,72%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
O‘z navbatida, «O‘zmetkombinat» aksiyalari 6,64 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari,«Olmaliq KMK» (-4,48%) va «O‘zbekneftgaz» (-3,40%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Ipoteka-bank», «Aloqabank» va «Trastbank» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 17 tasi haftani ijobiy, uchtasi o‘zgarishsiz, to‘qqiztasi salbiy natija bilan yakunladi.
Bundan oldingi haftada «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da UCI fond indeksi 2,31 foizga oshgani haqida xabar berilgandi.
Ushbu davr mobaynida «Garant bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 20,08 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Trastbank» (+12,57%) va «O‘zRTXB» (+5,42%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.